avatar
Куч
7.31
Рейтинг
+3.91

Valiyev Bobur Muzaffar o'g'li

Мақолалар

GM Uzbekistan’ning Xorazm filialida 1000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Xorazm viloyati Hazorasp tumani bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.


Foto: krgmopdcc.com

Foto: krgmopdcc.com



— 2013-yilda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturiga asosan 7 mingga yaqin ish o‘rni ochildi, — deydi markaz rahbari Qozibek Yoqubov. — Ish bilan ta’minlanganlarning 50 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. 2014-yilda GM Uzbekistan yopiq aksiyadorlik jamiyatining Xorazm filialida 1059 yangi ish o‘rni yaratilishi hisobidan bu ko‘rsatkich 8 000 dan oshishi kutilmoqda.

Ermatov JCh-2014 hakamlari seminarida ishtirok etmoqda

Блог им. boburvaliy

Shu yil yozda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2014’da ishlaydigan hakamlar uchun Shveysariyaning Syurix shahrida seminar boshlandi. Mazkur seminar 25-martdan 28-martga qadar davom etadi. Bu haqda olamsport.com xabar bermoqda.


Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com



 


Ushbu seminarga joriy yilgi mundialga boradigan Yevropa, Osiyo va Okeaniya hakamlari chaqirilgan. Jumladan, o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov, Abdulhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov ham ushbu seminarda ishtirok etishmoqda.


Keyinroq – 7—11-aprel kunlari Syurixda Janubiy va Shimoliy Amerika hamda afrikalik hakamlar uchun ham xuddi shunday seminar bo‘lib o‘tadi. 1—10-iyun kunlari oralig‘ida esa Braziliyaning Rio De-Janeyro shahrida mundialda ishlaydigan barcha hakamlar ishtirokida yakuniy seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan.


 
 

AQShni osongina chiroqsiz qoldirish mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Блог им. boburvaliy

Hamjihatlikda amalga oshirilgan kichik bir hujum ham AQSh elektr energiyasi tizimini hech qiyinchiliksiz uzib qo‘yishi mumkin. Bu haqda Energetika sohasini tartibga solish bo‘yicha federal komissiya (Federal Energy Regulatory Commission — FERC) o‘z tadqiqotida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda The Verge.


1

Foto: The Verge



Aniqroq qilib aytganda, mamlakat bo‘ylab to‘qqizta asosiy podstansiyalarga ziyon yetgan taqdirda, AQSh oylab chiroqsiz qolishi mumkin. Podstansiyalarda elektr quvvatini uzoq masofalarga uzatuvchi hamda mahalliy hududga tarqatuvchi transformatorlar joylashgan.


FERC yaqinda Kaliforniya shtatining San-Xose shahrida ro‘y bergan hodisadan so‘ng energiya tizimi xavfsizligi muammosini ko‘tarib chiqdi. San-Xose yaqinidagi podstansiyaga bir guruh qurolli kishilar hujum uyushtirgan, otishma natijasida transformatorlar teshilib, haddan tashqari qizib ketgan edi. FERC’ning ta’kidlashicha, bunday hujumlardan bir nechtasi bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lsa, oqibati halokatli bo‘lishi, butun AQSh 18 oygacha elektr quvvatisiz qolishi mumkin.


Mamlakat elektr energiyasi tizimi o‘zining bir nechta zaif nuqtalariga ega. Avvalo, podstansiyalar yetarlicha himoyaga ega emas. Masalan, San-Xosedagi podstansiya bor-yo‘g‘i tikanli simlar bilan o‘ralgan xolos.


Bundan tashqari, AQShning turli hududlari bir-biri bilan yaxshi bog‘lanmagan bo‘lib, bu chiroq o‘chgan taqdirda o‘zaro yordamni cheklaydi.


Shuningdek, transformatorlar buyurtma asosida yasatilgan bo‘lib, ularni qaytadan yasash uchun ko‘p vaqt talab qilinadi.


FERC energetika kompaniyalarini xavfsizlikni ta’minlashga jiddiy kirishishga chaqirmoqda.

Sevara Nazarxon Rossiyaning “Yil shansoni—2014” mukofoti nomzodi bo‘ldi

Блог им. boburvaliy

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon “Yil shansoni—2014” (“Шансон года—2014”) mukofoti nomzodi bo‘ldi. Bu haqda xonandaning rasmiy sayti xabar bermoqda.


2

Sevara Nazarxon 2014-yil 5-aprel kuni Kreml Saroyida o‘tkaziladigan “Yil shansoni” mukofotining taqdirlash marosimida ishtirok etadi. Marosimda, shuningdek, Rossiyaning eng yaxshi san’atkorlari tomonidan jonli ijroda kuy va qo‘shiqlar taqdim etiladi.